烏茲別克語文牘處理方法

導語:在烏茲別克語中的文牘處理是在正式語體下在公文紙上進行的事務。下面YJBYS小編向大家介紹烏茲別克語文牘處理方法,歡迎參考!

烏茲別克語文牘處理方法

正式語體是爲社會上的社會,法律關係,國家國際官方間的社會-經濟,文藝聯繫所服務的。在國家的法律,法規,通知等其他官方書面文件中都要求使用正式語體。

在正式語體的公文紙上可以寫申請,解釋,簡歷,推薦信,書面陳述等。公文紙有自己獨特的要求,它要求所寫語言準確並且簡練,在這裏可以用到以下一些常用的句型。如:shu asosda(在此基礎上); shunga ko’ra(據此); ma’lum qilamanki;(我要說的是...) e’tiborga olib(對...關注); binoan /asosan,/muvofiq(在此基礎上); ... biz(...我們); quyida imzo chekuvchilar(下列簽署人); kelib chiqqan holda(在此情況上)等等。

  下面給出一份申請示範:

Markaziy Millatlar universiteti rektori E Itayga

Chet tillari instituti Rus filologiyasi fakulteti

4-kurs talabasi Yan Yudan

ARIZA

Men,Yan Yu, bugungi kunda Markaziy Millatlar universiteti 4-kurs talabasiman. Men 2008-2009 – o’quv yilida kutubxonada ishlashni xohlayman.

Sizdan shu munosabat bilan meni 2008-2009-o’quv yilida kutubxonaga ishga qabul qilishingizni so’rayman.

2008-yil 7-may 閆昱 Yan Yu

在烏茲別克斯坦有這樣專門的公文紙,在上面書寫申請時要注意一些細節:

1.整張紙的上左方空着。

2.所寫申請對象必須在紙的最上方的右邊,並在後面加方向格-ga申請人緊挨着在申請對象的下面,並在後面加從格-dan。

3.正文第一行中央用大寫字母寫上ARIZA(申請)。

4.正文語言要準確簡潔。

5.最後一行從左往右依次是申請日期,簽名和申請人的姓名。

  下面給出一份簡歷的範例:

Tarjimayi hol

Men, Iskandarova Gulbahor Turabayevna, 1977-yil 8-oktabrda Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tug’ildim.

Otam – Iskandarov Turabek Saliyevich 1952-yilda tug’ilgan. Tahririyatda tarjimon.

Onam – Yusupova Xanimjon Saidovna 1957-yilda tug’ilgan. Uy bekasi.

Men 1984-yilda Toshkent shahridagi 22-o’rta maktabga borib, uni 1994-yili tugatdim. 1995-yili ToshDU (hozir O’zMU) O’zbek filologiyasi fakultetiga o’qishga kirdim. 1999-yili bakalavriatni a’lo diplomga bitirdim. Shu yili magistraturaga o’qishga kirib, 2001-yili Tilshunoslik yo’nalishi bo’yicha magistraturani tugatdim.

2001-yilda O’zMU O’zbek filologiyasi fakulteti Umumiy tilshunoslik kafedrasiga ishga qabul qilindim. Hozirga qadar shu kafedrada o’qituvchi lavozimida ishlayman.

“Bolalar nutqi ontogenezi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi ustida ishlayapman. Ilmiy ishim bo’yicha 10ta maqola e’lon qildim.

2004-yildan O’zMU O’zbek filologiyasi fakulteti Yosh olimlar kengashi raisi vazifasini bajaraman. Partiyaga a’zo emasman. Turmushga chiqmaganman.

Manzilim: Toshkent shahar Sobir Rahimov tumani Sebzor dahasi 3-uy 62-xonadon.

14.10.2007. Iskandarova Gulbahor

  同樣在公文紙上寫簡歷也需要注意一些細節:

1.首行中央寫上Tarjimayi hol(簡歷),首字母大寫。

2.在正文中首先要寫的是自己的姓名,出生年月和地點,其次是父母的姓名出生年份和所從事的職業。然後是自己的受教育經歷,從國小開始直至當下時間。再然後是當下所從事的職業,也可以補充上直至當下時間所受的榮譽或擔任過的較爲重要的職務,當下所從事的職業。在之後要寫自己是否是黨員和婚嫁與否。最後是家庭住址。

3.在最後一行的最左邊的寫簡歷的時間,最右邊是寫簡歷者的姓名。

  24.2.練習。

1. 就所給情景寫一個申請。

1. Ishga qabul qilish uchun ariza.

2. Magistraturada o’qish uchun ariza.

2. 寫一個自己的簡歷。

  24.3.對話

-Ertaga nima qilasan?

-Bilmadim. Cho’milishga borgim kelyapti. Faqat havo ertaga bulutli bo’ladi, menimcha.

-Rostdanmi? Qayerdan bilding?

-Radiodan eshitdim.

-Qiziq, gazetada ertaga quyoshli kun bo’ladi, deb yozishibdi.

-Seniki to’g’ri chiqishini xohlayman. Chindan ham juda cho’milgim kelyapti.

-Keling, sizga qanday yordam berishim mumkin?

-Men bir juft poyabzal olmoqchi edim.

-O’zingizga olmoqchimisiz?

-Ha, o’zimga.

-Nechanchi razmerdagi pozabzal kiyasiz?

-37-razmerdagi.

-Mana, marhamat.

-Lekin bu poyabzal sariq-ku!

-Ha, bu yil sariq rang modada.

-Yo’q, menga qora rangli poyabzalni ko’rsating.

-Yaxshi. Mana, marhamat.

-Ha, bu menga ma’qul. Shuni sotib olaman.

-Kechirasiz, yaqin orada restoran bormi?

-Yo’q, yaqin orada restoran yo’q.

-Qahvaxona-chi?

-Ha, qahvaxona bor.

-Qayerda?

-Qahvaxona Amir Temur ko’chasidagi mehmonxonaning yonida.

-Rahmat.

-Arzimaydi.

  24.4.文章。

Toshkent bozorlari

Markaziy Osiyo davlatlari qadimdan Buyuk ipak yo’li tijorat-savdo munosabatining ta’sirida keng rivojlangan.

Toshkent bozorlari xilma-xil mahsulotlarga boy, gavjum va fayzlidir. Ayniqsa, yoz hamda kuz fasllarida bozor har xil meva va sabzavotlar bilan to’ladi.

Toshkentda bir necha katta bozorlar bor: Oloy bozori, Chorsu bozori, Farhod bozori, Qo’yliq bozori, Yunusobod bozori va boshqalar. Bu bozorlar erta tongdan qorong’i tushguncha ishlaydi. Bundan tashqari ertalabki bozorlar bor: Ko’kcha bozori, Chig’atoy bozori, Qo’shtut bozori va hokazo. Bu bozorlarda, odatda, ertalab oltidan tushki bir-ikkilargacha savdo-sotiq qilish mumkin.

Katta bozorlarda meva va sabzavotlardan tashqari, yana go’sht, non, qandolat mahsulotlari, hunarmandchilik mahsulotlari, turli xil kiyim-kechak va poyabzallar, uy-ro’zg’or buyumlari, qurilish mollari ham sotiladi. Bozor savdosining yaxshi tomoni shundaki, xaridor o’zi xohlagan narsani tanlab olish imkoniyatiga ega. Ba’zi mahsulotlar, masalan, non, asal, sut mahsulotlari, ho’l meva va quruq mevalarni tatib ko’rib olish mumkin.

O’zbek bozorlarining o’ziga xos xususiyatlaridan biri - xaridor sotilayotgan narsaning narxini savdolashib, kelishilgan narxda sotib oladi. Bozorda savdo qilib, mahsulot olish ham san’at hisoblanadi. Bozor muomalasi ochiq chehra, yaxshi kayfiyat va hazil-mutoyiba bilan olib borilishi kerak.

  課後習題

1.記住以下所給詞的意思。

munosabat 關係

xilma-xil 各種各樣的

mahsulot 產品

gavjum 人山人海的

fayzli 美妙的,美好的'

ertalabki bozor 早市

sabzavot 蔬菜

go’sht 肉

qandolat mahsulotlari 甜食產品

hunarmandchilik mahsulotlari 手工製品

kiyim-kechak 服飾

poyabzal 鞋

uy-ro’zg’or buyumlari 居家用品

qurilish mollari 建築材料

xaridor 購物者

sut mahsulotlari 奶製品

ho’l meva 新鮮的水果

quruq meva 乾果

savdolashmoq 討價還價

kelishilgan 被商量好的

2.記住以下的詞組或句型。

Buyuk ipak yo’li 絲綢之路

ta'sirida keng rivojlanmoq 在什麼的影響下高速發展

... xilma-xil boy 在...裏各種各樣的...很多。

erta tongdan qorong'i tushguncha 從早上到夜幕降臨

... va hokazo 等等,諸如此類

imkoniyatga ega 有機會

3.用上述所給的詞組或句型造句。

4.翻譯全文。

5.請就文章互相提問題並回答。

6.熟讀課文並自選角度轉述。

7.請以Toshkent bozorlari爲題寫一篇小文章。

8.對文章中的動詞就三種時(現在時,過去時,將來時)進行語法分析。

9.對文章中的動詞進行“態”的語法分析。

10.對文章中的動詞進行“式”的語法分析。

11.對文章中的形容詞進行“級”的語法分析。